Samsung San-Fransiskoda o‘tgan ishlanmachilar konferensiyasida eski smartfonlar uchun mayning fermasi va ko‘plab boshqa qiziqarli dasturlar taqdim etdi. Yangi yondashuv eski uskunalarni sotish yoki qismlarga bo‘lishni emas, balki vazifasini o‘zgartirishni nazarda tutadi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Jamoa 40 ta eski Galaxy S5s smartfonini bitkoinlar uchun yagona mayning platformasiga birlashtirdi, Galaxy Tab’ni bortida Ubuntu joylashgan noutbukka aylantirdi, shuningdek, Galaxy S3 ni akvariumga xizmat ko‘rsatishga moslashtirdi. Bundan tashqari, yuzni tanish funksiyasiga ega eski smartfon uy qo‘riqlash tizimiga aylantirildi.
Samsung ma’lumotlariga qaraganda, sakkizta Galaxy S5s oddiy kompyuterga nisbatan kattaroq energiya samaradorligi bilan ishlashi mumkin, ammo bunday fermaning mayningdagi samaradorligi hozircha u qadar yuqori emas.
Izoh (0)