2005-yildan buyon Iroq Kurdistoni yetakchisi bo‘lib kelgan Mas’ud Barzoniy 1-noyabrdan prezidentlik lavozimini tark etadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Barzoniy lavozimni tark etish haqidagi rejalari haqida hudud parlamentiga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi. Unda Barzoniy prezidentlik vakolatlarini muxtoriyat hukumati, parlament va sud organlari o‘rtasida taqsimlashni taklif qildi.
Barzoniyning prezidentlik vakolatlari muddati 1-noyabr kuni tugaydi. Prezidentlik va parlament saylovlari shu kunga mo‘ljallangan edi. Biroq o‘tgan hafta rasmiy Bag‘dod bilan inqiroz keskinlashganligi sharoitida saylovlar noma’lum muddatga kechiktirilganligi e’lon qilindi.
Izoh (0)