Amerika rasmiylari “Tolibon” radikal afg‘on harakatini Kobulda hukumat bilan tinchlik haqidagi muzokaralar stoliga o‘tirishga ko‘ndirish uchun muloqot qilmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tillersonning so‘zlariga qaraganda, AQSh ma’muriyati toliblar yetakchilari qurolni tashlashga tayyor bo‘lgan vaziyatni yaratishga ko‘maklashishga intilmoqda.
“ ‘Tolibon’ harakatiga u hech qachon harbiy g‘alabaga (Afg‘onistonda) erisha olmasligini tushuntirdik”, — deydi Amerika diplomatiyasi rahbari.
Tillerson AQSh nuqtai nazariga ko‘ra, toliblar afg‘on hukumati tarkibiga kirishi mumkinligini yana bir marta ma’lum qildi. Biroq buning uchun ular terrorizmdan voz kechishi, bunday faoliyat bilan hech qachon shug‘ullanmaslik majburiyatini zimmasiga olishi lozim, deb aniqlik kiritadi Amerika tashqi siyosat boshqarmasi rahbari.
Izoh (0)