Rossiyalik boshlovchi, 18-oktabr kuni prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma’lum qilgan Kseniya Sobchak Qrim yarim orolida yangi referendum o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Rossiya xalqaro majburiyatlarini buzdi. Bu hisob boshlanish nuqtasi. Qrimda odamlar yashaydi. Biz ularga geosiyosat subyektlari sifatida qaray olmaymiz. Men vaziyatdan chiqishni faqat yangi mustaqil referendum o‘tkazishda ko‘ryapman”, — dedi Sobchak Yekaterinburgda tarafdorlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida.
Sobchak, shuningdek, yangi referendum arafasida Qrimda keng miqyosli va teng huquqli tashviqot ishlari o‘tkazilishi lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)