Suriyaning 90 foiz hududi terrorchilardan ozod etildi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Ilgari mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyaning 5 foizdan kamroq hududi terrorchilar nazorati ostida turganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, davlat rahbari Suriya va boshqa davlatlar hukumatlari bilan kelishuv asosida deeskalatsiya zonalari yaratilayotganini, shuningdek, siyosiy izga tushish va fuqarolik yarashuvi ishlari amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
“Terrorchilarga qarshi jangovar harakatlar davom etmoqda. Ular qanaqadir zaif tashkil etilgan to‘dalar emas, ular yaxshi ta’minlangan, mashg‘ulotlar o‘tagan, moliyalashtirilgan va motivatsiyaga ega guruhlardir”, — qo‘shimcha qildi Putin.
Izoh (0)