Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ledokol Group reklama agentligi O‘zbekistonda reklama va internet-reklama sohasida yetakchi o‘rinni egallaydi. 2008-yilda tashkil etilgan kompaniya juda yaqin orada o‘zining birinchi muhim yubileyini nishonlaydi — 10 yil. Bugungi kunda kompaniya yilda ikki marta o‘tkaziladigan va barcha bepul tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan Digital sohasidagi yetakchi konferensiyalarni tashkil etib kelmoqda. Uning asoschisi va rahbari Dilshod Muzaffarov kompaniya qanday paydo bo‘lganligi, bugun qaysi sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgani, shuningdek, mamlakat reklama bozorining o‘sish tendensiyalari haqida gapirib berdi.

— Ko‘pchilik sizni USENET va Mobicon yirik konferensiyalari tashkilotchilari sifatida biladi, Ledokol Group bugun yana nima bilan shug‘ullanmoqda?

— Ha, biz haqiqatdan ham O‘zbekistonda internet marketing sohasida eng yirik xalqaro konferensiyalarni o‘tkazamiz. Shu bilan birga, USENET (http://usenet.uz) keng ko‘lamli katta shakldagi konferensiya sanalsa, Mobicon (http://mobicon.uz) – mobil soha bo‘yicha. Har ikki tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Biz buni yuqori qadrlaymiz. Har bir konferensiyaga har yili 1000 dan ortiq kishi tashrif buyuradi. Bundan tashqari, bu Google, Yandeks, Mail.ru Group va jahondagi yetakchi boshqa AT-kompaniyalar vakillarini jonli tinglash uchun bo‘lgan yagona tadbirlardir. OTM rektorlari taklifiga ko‘ra, bizning mutaxassislar ma’ruzalar o‘qishadi, unda startaplar, umuman internet-texnologiyalar haqida ma’lumot beriladi.

Bundan tashqari, bizning kompaniyamiz deyarli 10 yildan beri reklamani joylashtirish bilan professional darajada shug‘ullanadi. Biz O‘zbekistonning televideniye va internet-yo‘nalish integratsiyalashuvi sohasida tan olingan mutaxassislarmiz. Biz ushbu ikki eng kuchli reklama kanalini birlashtiramiz va mijozlarimizga yordam beramiz.

— Uzoq vaqt davomida siz Mail.ru’ning O‘zbekistondagi eksklyuziv vakillari edingiz. Nega hamkorlikni to‘xtatildi?

— Mail.ru Group bilan hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Bu davr (2013—2016-yillar) biz uchun juda ko‘p narsani berdi, xususan bozordagi nom va mijozlar. Biroq, so‘nggi yillarda MRG o‘zining MyTarget reklama tizimini faol ravishda ilgari surmoqda, u reklamani mustaqil joylashtirish imkonini beradi – buning uchun Visa turidagi valyuta kartochkasining bo‘lishi yetarli. Bu tarmoq orqali joylashtirish ancha shaffof va foydali ham. Shuning uchun, eksklyuziv hamkorlikka zarurat qolmadi. Endi ushbu maydonchalarni o‘zlari uchun tanlagan barcha mijozlarimizni shu tizim orqali bemalol joylashtirmoqdamiz.

— Bugun kim bilan ishlamoqdasiz?

— Bugun biz “Yandeks” kompaniyasining eksklyuziv vakili hisoblanamiz (O‘zbekistonda qidiruv ulushi 30 foizdan oshdi), shuningdek Facebook va Google kabi kompaniyalarning asosiy mintaqaviy hamkorlaridan birimiz. Bu kompaniyalarning barchasi biz tufayli O‘zbekiston reklama bozorini yaxshiroq tushunmoqda, mamlakatimiz marketing imkoniyatlarini va salohiyatini o‘rganmoqda, internet tarmog‘ining kirib borganligi haqida ma’lumot olishmoqda.

— O‘zbekistondagi internet-reklama bozori hajmi qanchalik katta?

— O‘zbekistonda umumiy reklama bozori 25 million dollarni tashkil etadi. Bunga televideniye, tashqi reklama va boshqa narsalar kiradi. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, mamlakatimizni 3 millionlik aholiga ega Armaniston bilan solishtirish mumkin. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017-yilda internet-reklama ulushi taxminan 7-8 foizni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, biz bu pullarning aksariyatini ko‘rmayapmiz, chunki u bevosita valyuta kartalari orqali odamlar tomonidan joylashtirilgan. Bu, birinchi navbatda, Facebook’da joylashtirish va qidiruv tizimlaridagi kontekstli reklamalar haqida.

— O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi veb-saytlarga kiradi?

— Albatta, bu birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqlar. Facebook va Instagram yetakchi sanaladi, mamlakat bo‘ylab ularning umumiy auditoriyasi 1,2—1,3 million kishini tashkil qiladi, va bugungi kunda bu ikki eng tez o‘sayotgan ijtimoiy tarmoqdir. Albatta, resurslarning o‘zbek segmenti ham juda sezilarli o‘sdi. O‘zbek tilida eng ko‘p tashrif buyuriladigan veb-saytlarning uchtaligi — Kun.uz, Daryo.uz va UFF.uz.

— Agar internet faqat 7—8 foizga ega bo‘lsa, O‘zbekistonda eng mashhur reklama kanallari qaysilar?

— Televideniye va tashqi reklama. So‘nggisi o‘zining arzonligi tufayli yetakchi. Internet uchinchi o‘rinni egallaydi, hamda yil sayin faollashmoqda. Bu asosan radio va matbuotdan reklama budjetini “olish” bilan bog‘liq. Asta-sekin ko‘pchilik reklama beruvchilar TVdagi reklamadan ketishni boshlashmoqda, radio esa birinchi navbatda aziyat chekmoqda.

— Yaqin kelajakda internet-reklamaning o‘sishi bo‘yicha taxminlar mavjudmi?

— Qo‘shni Qozog‘iston va Rossiyada reklama beruvchilar orasida eng ko‘p xarajatlar — internet va televizorga aloqador hisoblanadi. Rossiyada internet hajmi televizion bozordan ancha yuqori. Faqatgina o‘tgan yili O‘zbekistonda ko‘plab foydali o‘zgarishlar bo‘ldi, bu esa tezlikning oshishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak.

2018-yilga tendensiyalar quyidagicha: videoreklama, ijtimoiy tarmoqlar va O‘znet saytlarining sezilarli o‘sishi. Keyingi ikki yil davomida reklamachilarning budjetlari Facebook va O‘znet saytlari (asosan o‘zbek tilidagi ommaviy axborot vositalari) o‘rtasida bo‘lishiladi. So‘ngra O‘zbekistonda Google (kontekstli reklamalar va YouTube) davri boshlanadi hamda reklama beruvchilar sifatli trafik va sotuvlar ustida yanada faol ishlay boshlaydi.

— Ledokol Group mutaxassislari yana qaysi tadbirlarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar?

— Biz o‘zbek-yapon biznes-markazi doirasida muntazam chiqish qilamiz, nutq so‘zlaymiz, StartUp Mix’da ishtirok etamiz, TATU, Toshkentdagi Vestminster universitetida ma’ruzalar o‘qiymiz, Marketing va reklama maktabi tadbirlarida qatnashamiz, tan olingan internet-mutaxassislarning taqdimoti va seminarlarini muntazam ravishda tashkil etamiz. Biz har doim o‘quv markazlaridan takliflarni qabul qilishga harakat qilamiz. Ishtirok etsak – yana chaqirishadi, demak auditoriyaga bu yoqadi.

— Kelgusi yil qaysi yo‘nalishda ishlashni rejalashtiryapsiz?

— Birinchidan, biz bahorgi USENET konferensiyasi uchun ajoyib sovg‘a tayyorlamoqdamiz, u barcha uchun mutlaqo yangi shaklda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, aprel oyida o‘n yillikni nishonlashni rejalashtirmoqdamiz. Ikkinchidan, biz ta’lim sohasiga ko‘proq e’tibor berishni boshlamoqchimiz, shu orqali o‘z ishini boshlayotgan tadbirkorlarga internet-texnologiyalar ishini chuqurroq tushunish hamda o‘z bizneslarini targ‘ib qilishda ko‘mak beramiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda Isuzu yuk mashinasi ag‘darildi
Mahalliy
“Xodimlar o‘zboshimchalik bilan qoidalarni buzgan” — Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan vafot etgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Pul
O‘zbekiston ochiq ma’lumot manbalari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egalladi