Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Hillari Klintonning saylovoldi shtabi va Milliy demokratik qo‘mita amaldagi prezident Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planishini moliyalashtirgan. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”. 

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

O‘rganishlarni dastlab Tramp respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida ilgari surilishiga xalaqit berish uchun Vashingtondagi Fusion GPS politologiya firmasi olib borgan va Kongressdagi noma’lum respublikachi bunga homiylik qilingandi. Tramp nomzod bo‘lishni uddalaganidan so‘ng tekshiruv firmaning o‘z qiziqishlari doirasida davom ettirildi.

2016-yil aprelida uni Klinton saylovoldi shtabi vakili, Perkins Coie yuridik firmasi egasi Mark Elias qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Moliyalashtirish uning firmasi orqali amalga oshirildi va oktyabr oxiriga qadar davom etdi. Buning uchun qancha mablag‘ sarflangani noma’lum, biroq gazeta Klinton shtabi 2015-yil iyunidan 2016-yil dekabrigacha Perkins Coie’ga sud xarajatlari uchun 5,6 million, milliy qo‘mita esa yuridik maslahatlar uchun 3,6 million dollar to‘laganini bildirmoqda. 

Trampning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Fusion GPS yollagan Britaniya maxsus xizmatlari sobiq agenti Kristofer Stil to‘pladi. Ular 11-yanvarda, Trampning inauguratsiyasidan 9 kun avval BuzzFeed nashri tomonidan e’lon qilindi. 

Hozirda mazkur ma’lumotlarni Senatning razvedka qo‘mitasi o‘rganmoqda, ammo Stil senatorlar oldida ko‘rsatma berishdan bosh tortgani tekshiruvni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi