AQShning Luiziana shtatida joylashgan Grembling universiteti hududida ro‘y bergan otishmada ikki talaba halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Universitetning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Uill Satton bergan axborotga ko‘ra, otishma o‘quv muassasasi hovlisida yuz bergan janjaldan kelib chiqqan. Noma’lum shaxs 23 yoshli talabalar Erl Endryus va Monkyarius Kolduellni otib tashlagan. Shundan so‘ng u voqea joyini tark etgan.
Keyinchalik, Sattonning so‘zlariga qaraganda, qo‘riqlash xizmat boshlig‘iga talabalar voqeani xabar qilgan.
Ayni paytda politsiya jinoyatchini qidirmoqda.
Izoh (0)