Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh Kongressi vakillar palatasining Fan, koinot va texnologiyalar bo‘yicha qo‘mitasi “Kasperskiy laboratoriyasi” kompaniyasi rahbari Yevgeniy Kasperskiy ishtirokida eshituvlar o‘tkazishni rejalashtirgan, biroq sana hali belgilanmagan. Bu haqda qo‘mita vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

25-oktabr, chorshanba kuni qo‘mitada “Kasperskiy laboratoriyasi” mahsulotlaridan AQSh davlat muasssasalarida foydalanilishiga bag‘ishlangan eshituvlar bo‘lib o‘tadi.

“Kasperskiy bu eshituvlarda qatnashmaydi. Rejamizga binoan turli eshituvlar turkumi o‘tkaziladi, jumladan, uning ishtirokida ham. Biroq hali ularni belgilash va sanasini e’lon qilish zarur”, — dedi qo‘mita vakili.

Vakil Kasperskiyning Kongressga tashrifi ehtimoli saqlanib qolayotgani, qo‘mita u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada ekanligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi