Vazirlar Mahkamasining 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy va struktur bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Hujjat bilan 2018–2020-yillarda FVV bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjatga, shuningdek, zaruriy mahalliy va import uskunalar ro‘yxati ilova qilindi.
Ular bilan FVVni ta’minlash maqsadida:
“O‘zavtosanoat” — FVV texnik vazifalariga muvofiq ravishda avariya-qutqaruv texnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
“O‘zmaxsusimpeks” — istisno tariqasida 2020-yilning 31-dekabriga qadar yetakchi chet el ishlab chiqaruvchilari bilan zarur import uskunalari xarid qilish va olib kirish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, bunda tender tanlovi o‘tkazilishi nazarda tutilmagan.
Ta’minot xarajatlari davlat budjeti, FVV budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliyaviy institutlar kreditlari va grantlari hisobidan qoplanadi.
Izoh (0)