Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2022-yilga qadar Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu haqda “Anhor.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston IIVga YPX postlarining optimal joylashuvini ta’milash topshirildi. Dastur doirasida 23 postda ishlar o‘tkaziladi. Loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi.
2018-yil apreliga kelib Namangan viloyatida “Angor” posti rekonstruksiyadan o‘tkazilishi va Toshkent viloyatida A373 avtomobil yo‘lining 134-kilometrida yangi “Beskostin” postining qurilishi rejalashtirilgan.
2019-yil yanvariga qadar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida bittadan post ochiladi, 2020-yil yanvarigacha esa mintaqalarda to‘rttadan, Qoraqalpog‘istonda bitta post ochiladi.
To‘rtinchi bosqichda —2021-yil yanvariga qadar oltita, beshinchi bosqichda yettita yangi post tashkil etiladi.
Izoh (0)