Yevropa komissiyasi Ispaniya konstitutsion va yuridik tartibini hurmat qiladi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Margaritis Sxinas bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
Sxinas xonim Kataloniyaga nisbatan ko‘rilayotgan choralar Ispaniya konstitutsiyasiga muvofiq kelishini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.
10-oktabr kuni Kataloniya rahbari Karles Puchdemon muqaddam o‘tgan referendum yakunlariga ko‘ra mustaqillik deklaratsiyasini imzoladi. Shu munosabat bilan Ispaniya federal hukumati muxtoriyat rahbarlarini mansabidan chetlashtirish haqida qaror qabul qildi.
Izoh (0)