Turkiyada muqaddam Rossiya armiyasida xizmat qilgan Denis Xisamov hibsga olindi. U soxta tojik pasportiga ega bo‘lgani bois Tojikistonga yuborildi, deb xabar beradi Meduza.
Xisamov IShID tarkibida Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishda ayblanmoqda. U Turkiyada 2017-yil aprelida ushlangan edi, ammo bu haqda endi xabar qilindi.
Tojikiston IIV xabariga ko‘ra, Xisamov jinoyat sodir etish uchun Rossiyaga qaytishni rejalashtirgan. U 2004–2009-yillarda Rossiya mudofaa vazirligida ishlagan va kapitan unvonigacha yetib borgan. Harbiy karyerasi boshida u vazirlik 274-ilmiy markazi davlat sirini himoya qilish xizmati boshlig‘i bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)