Qirg‘izistonda mamlakatning eng asosiy muzey eksponatlaridan biri — XX asr o‘rtalarida topilgan IV-V asrlarga tegishli mumiyolangan qiz jasadi dafn etildi. Topilma o‘shandan beri Milliy tarix muzeyida saqlanayotgandi, deya xabar beradi Meduza.
Mumiyo dafn etilishini qirg‘iz ekstrasenslari va bashoratchilari yoqlab chiqdi. Ular jasad qayerdan topilgan bo‘lsa, o‘sha yerga ko‘milishi zarurligi, aks holda Qirg‘izistonni “dahshatli fojialar” kutayotgani haqida ogohlantirdi.
Jasad taqdiri Qirg‘iziston hukumatidagi vazirliklararo yig‘ilishda hal etildi. Uni ko‘mish fikrini ayniqsa Qirg‘iziston madaniyat vaziri hammadan ko‘p ma’qulladi.
“Leninni saqlashadi, chunki u dohiy. Bu qizning jasadini ushlab turishdan nima foyda? U kim o‘zi?” — dedi Tugelbay Kazakov.
IV-V asrlarda yashagan qizning mumiyolangan jasadi Botken viloyatida 1956-yilda topilgan va o‘rganishlardan so‘ng Qirg‘iziston davlat tarix muzeyi eksponatiga aylangandi.
Izoh (0)