Yevroparlament raisi Antonio Tayani ittifoq mamlakatlarining birortasi ham Kataloniya mustaqilligini tan olmasligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Florensiyada bo‘lib o‘tgan konferensiyada ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Barcha tushunib olishi lozim: Yevropaning biror mamlakati Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi”, — dedi Tayani.
Kataloniya parlamenti mintaqa mustaqilligini 27-oktabr kuni e’lon qilishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. Ammo bu tashabbus Yevropa davlatlari tomonidan ma’qullanmasligi aytilmoqda.
Izoh (0)