Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Zimbabve prezidenti Robert Mugabeni ko‘ngilli elchi etib tayinlash fikridan voz kechdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Xavotir bildirganlarni diqqat bilan eshitdim, turli muammolar haqida eshitdim. Shuningdek, Zimbabve hukumati bilan maslahatlashib, bu tashkilot manfaatlariga to‘g‘ri keladigan qaror bo‘ladi degan fikrga keldim”, — deyiladi Gebreyesusning rasmiy bayonotida.
U har bir kishi uchun ishlaydigan butunjahon sog‘liq harakati yaratish asosiy maqsadi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Mugabe tashkilot strukturasiga qabul qilinishi haqida 20-oktabr kuni e’lon qilingan edi. 93 yoshli Zimbabve prezidenti inson huquqlarini buzishda ko‘p marotaba ayblangan.
Izoh (0)