Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Hilmand viloyatida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida “Tolibon” radikal harakatining to‘qqiz dala komandirini o‘ldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu borada Hilmand hokimiya Hayotullo Hayot bayonot berdi.
“Operatsiya chog‘ida o‘ldirilgan toliblar yetakchilarining shaxsi aniqlandi”, — dedi u.
Aytilishicha, halok bo‘lgan dala komandirlari qori Muhibulla, mulla Bashir, mulla Zahir, mulla Ahmad, Mahbub, Farid Jonon, mulla Mansur, mulla Ismat va mulla G‘anilardir.
Izoh (0)