O‘zbekiston milliy terma jamoasiga “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangach, “Championat.asia” xodimi undan intervyu oldi. Berdiyev o‘yin kunlari telefonini o‘chirib qo‘yadi. Shu sababli jurnalist uni “Nasaf” — “Dinamo” o‘yinidan keyin suhbatga tortdi.
O‘FF O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lishini tasdiqladi
Qarshining “Nasaf” klubi ketma-ket 7 ta o‘yinda zafar quchdi. Ular orasida amaldagi chempion “Lokomotiv” ham bor edi. Shu 7 uchrashuv davomida “Nasaf” umuman gol o‘tkazmadi va 20 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Farg‘onada termaning sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov boshqaruvidagi “Neftchi” yirik hisobda taslim etilgach (3:0), Berdiyevni O‘FFga chaqirishdi. “Nasaf” tarixda ilk bor Farg‘onadan yirik g‘alaba bilan qaytayotgandi.Ochig‘i, bunday taklif kutmagandim. “Neftchi” bilan o‘yindan keyin O‘FFga chaqirishdi. Borsam, Sardor Rahmatullayev va Shoakram Isroilov kutib oldi, terma masalasida ular bilan gaplashdim. Aniq qaror Umid Ahmadjonov Qatardan qaytib kelgach qabul qilinishini aytib, mendan Amirlik termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida termani boshqarishni so‘rashdi.O‘FF yaqindagina o‘tkazgan yig‘ilishda bir qator murabbiylar kelajakda termada to‘p surish potensiali bor bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini o‘zi bilganicha taqdim etgandi. Berdiyevning aytishicha, bunda umumiy 60 ga yaqin futbolchi ko‘rsatib o‘tilgan. Termaga nomzodlar ham aynan ular ichidan tanlab olinadi.Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Ro‘yxatdagi munosiblarni termaga chaqiramiz. Bunda yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi. Biroq bu jamoada tajribali futbolchilar bo‘lmaydi, degani emas. Biz tajriba va yoshlikni uyg‘unlashtirgan tarkib tuzamiz.O‘FF Ro‘ziqul Berdiyevga hech qanday shartnoma taklif qilmagan va faqatgina 1 ta uchrashuvda murabbiy bo‘lishni so‘ragan. O‘z navbatida murabbiy unga shartnoma kerak emasligini va terma jamoa uchun har qanday vaziyatda yordam berishga tayyor ekanini bildirgan.Termada menga asosan “Nasaf”dagi yordamchilarim ko‘maklashadi. Boshqa kimnidir taklif qilishni esa o‘ylab ko‘raman.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Murabbiy doimo bosim ostida ishlaydi. Demak, bunga u doim tayyor turishi kerak, uning mas’uliyati yuqori bo‘ladi. Termani boshqarish yanada katta vazifa, bunda bosim yanada ko‘proq bo‘ladi. Shunga qaramay, xotirjam ishlashimiz kerak.Amirlik termasiga qarshi o‘yinda legionerlar xizmatidan foydalanmaymiz. Unda Oliy Liga futbolchilari to‘p suradi. Bosh jamoa faqatgina “Nasaf”, “Paxtakor” yoki “Bunyodkor”dan iborat emas, kim loyiq bo‘lsa, qaysi jamoada to‘p surishidan qat’iy nazar, unga eshik ochiladi.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
O‘zbekiston termasi ustozi boshqaradigan “Nasaf” ketma-ket 7 o‘yinda quruq seriya bilan zafar quchdi
Savol tug‘iladi. “Nasaf” yaxshi relsga tushib olgani holda, bir tekis o‘yin namoyish qilayotgan bo‘lsa-yu, murabbiylar shtabining asosiy e’tibori termaga qaratilsa, unda klub nima bo‘ladi?Bu, albatta, oz bo‘lsa-da bizni tashvishga soladi. Chunki e’tiborni bir emas, ikki tarafga qaratishimizga to‘g‘ri keladi. Umid qilamanki, bunda xatolarga yo‘l qo‘ymaymiz. “Nasaf” bilan mavsum oxirigacha muvaffaqiyatli davom etishimiz kerak. Ammo asosiy e’tibor baribir terma o‘yini va yig‘iniga qaratiladi.O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samvel Babayan boshqarganida, muxlislar hujumkor futbol ko‘rmayotganlaridan nolib kelardi. Berdiyev esa aynan hujumkor futbol tarafdori ekani haqida aytdi.Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
BAAga qarshi qanday o‘ynashimizni raqibni yaxshilab o‘rganib chiqqach hal qilamiz. Men hujumkor futbol tarafdoriman. O‘z jamoamda ham shu uslubdan foydalanaman. “Nasaf” to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishga harakat qiladi.Berdiyev termaga xorijdan murabbiy olib kelinishi mumkinligini yaxshi biladi. “Nasaf” bilan shartnomasi shu yil yakuniga yetadigan mutaxassis, berilgan kichik imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qiladi.Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Mutaxassis kecha — 20-oktabr kuni “Nasaf” bilan Samarqandning “Dinamo” klubini ham yirik hisobda mag‘lub etdi — 3:0. Va ertasigayoq terma faoliyati bilan shug‘ullanishga kirishishi haqida aytib o‘tdi. Bugun u Buxoroga borib, Oliy Liga 25-turining “Buxoro” va “Paxtakor” klublari ishtirokidagi markaziy o‘yinini tomosha qiladi.
Izoh (0)