“Suriya demokratik kuchlari” qurolli otryadlari Suriyaning Raqqa shahri IShID terrorchilaridan to‘la tozalangani haqida bayonot berdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar qildi.
“G‘alabamiz — terror ustidan g‘alaba, Raqqaning ozod etilishi Suriyada terrorchilarga qarshi kurashning yangi sahifasini ochib beradi”, — dedi tuzilma vakili Talal Sillo.
Muqaddam AQSh boshchiligadiga xalqaro koalitsiya vakili Rayan Dillon “Suriya demokratik kuchlari” tuzilmasining arab va kurd otryadlari Raqqa hududining 98 foizini IShID terrorchilaridan tozalaganini ma’lum qilgan edi.
Operatsiyaning yakuniy bosqichi 15-oktabr kuni boshlandi. U iyun oyidan buyon qamal qilinadi. Iyul oyiga kelib shaharning 30 foizi terrorchilardan ozod qilingan edi.
14-oktabr kuni Al Arabiya telekanali Raqqa butunlay ozod etilganini xabar qilgan edi, ammo keyinchalik bu ma’lumot inkor etildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)