Toshkent markazidagi Milliy bog‘da olib borilayotgan qurilish ishlari chog‘ida inson suyaklari topildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
13-oktabr kuni bog‘ hududida poydevor chuquri qazish chog‘ida quruvchilar inson tanasi qoldiqlarini aniqladi. Inson skeleti haqida tegishli huquq-tartibot organlariga ma’lum qildi. Suyaklar sud-tibbiyot ekspertizasiga topshirildi.
Tezkor xodimlari inson qoldiqlarining kelib chiqishini o‘rganmoqda. Nashr idoradagi manbalariga tayangan holda jasadning shaxsi aniqlanishi uchun kerakli ekspertiza va identifikatsiya jarayonlari olib borilayotganini bildirdi.
Hozircha mutaxassislar tana egasining o‘limi sababi va vaqtini aytishga qiynalmoqda.
Izoh (0)