Indoneziyada itlar va yovvoyi to‘ng‘izlar o‘rtasidagi tirik qolish uchun janglar hamon ommabopligicha qolmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Jang arenasiga jangari it (ko‘proq pitbulteryer) va yovvoyi hayvon qo‘yib yuboriladi. Jangda ishtirok etish kuchukning o‘lchamiga qarab, 15 dollardan 150 dollargacha narxlanadi. Agar it g‘alaba qozonsa, uning egasi ikki ming dollarni qo‘lga kiritadi.
Bunday “mashg‘ulot” G‘arbiy Yavada 1960-yillardan buyon o‘tkazib kelinadi. Mahalliy aholining aksariyati bu janglarni kriminal deb hisoblamaydi va unda ov elementlarini ko‘radi.
Biroq hayvonlar himoyachilari boshqa fikrda. “Bu hayvonlarga qarshi jinoyat. Hukumat va notijorat tashkilotlar bu musobaqalarga chek qo‘yishi kerak”, — deydi Indoneziya hayvonlar himoyachisi Marison Guachino.
Itlarni ko‘paytiruvchi Agus Badud janglar mahalliy aholiga qo‘shimcha daromad keltirishini ta’kidlaydi.
Izoh (0)