16-oktabr kuni Dubay shahri uzra noma’lum yorqin jims paydo bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
https://twitter.com/DXBMediaOffice/status/919972572950945793
Ko‘pchilik ushbu jismni meteorit deb hisoblagan bo‘lsa, yana kimlardir uni yonayotgan samolyot, deya taxmin qilgan. Keyinroq The National nashrining Dubay astronomik guruhiga asoslanib ma’lum qilishicha, osmonda ko‘ringan yorqin jims — atmosferada yonib ketgan kosmik kema qoldiqlari. Gap “Soyuz-2.1a” raketa-tashuvchisi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu raketa-tashuvchi orbitaga “Progress MS-07” kosmik yuk kemasini olib chiqqan.
14-oktabr kuni Xalqaro kosmik stansiyaga uchirilgan “Progress MS-07” 16-oktabr kuni stansiyaga muvaffaqiyatli borib ulangan. Kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlarini, suv va boshqa kerakli yuklarni olib chiqqan.
Izoh (0)