• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulchehra-begim Mahmudova: Parfum Gallery Iv Sen-Loran bilan tanishishdan boshlangan

    Gulchehra-begim Mahmudova — Parfum Gallery do‘konlar tarmog‘i asoschisi, O‘zbekistondagi birinchi tadbirkor ayol, san’atshunoslik fanlari nomzodi, yozuvchi, ssenariychi, prodyuser. U 30 yildan ortiq shug‘ullanib kelayotgan biznesi qanday qurilganligi haqida “Kommersant.uz”ga intervyusida hikoya qiladi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Parfum Gallery — 100 dan ortiq lyuks-brendlar: Chanel, Gucci, Boss, Dolce & Gabanna, Paco Rabbane, Lanvin, Carolina Herrera, Sisley, Ferragamo, Sospiro va boshqalarning eksklyuziv distribyutori. Kompaniya Fransiyada shaxsiy brendi Begim Perfumes Treasure Collection atirlari: Samarkand Spirit for Him & for Her, Bukhara Spirit for Him & for Her, Ruby of Temur for Him & for Her, Kohinur Diamond for Him & for Her’ni ishlab chiqaradi. Gulchehra-begim o‘zining asosiy lavozimi — ona va buvi deb hisoblaydi.

    Hammasi nimadan boshlangan?

    — Otam ota-onasidan erta ajralgan va Buxoroda qarovchisiz o‘sgan. Arkda o‘zi kabi ko‘cha bolalari bilan o‘sgan va bir ajoyib kunda Buxoro amiri xazinasini topib olish haqida orzu qilgan. Ulg‘aygandan so‘ng onamni uchratgan, sevib qolgan, o‘qigan va hayotda muhosib o‘rin egallagan. Men muhabbat va ezgulik hukmron bo‘lgan oilada o‘sdim, ota-onam bizga o‘z tuyg‘ularini to‘lig‘icha yetkazgan... Har doim ushbu muhabbat bilan bo‘lishishni istardim — parfyumda, ssenariylarda, filmlarda, kitoblarda, qo‘shiqlarda.

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Zardo‘zi chopon va Iv Sen-Lorandan ko‘ylak

    — 1984-yildan 1985-yilga o‘tar yangi yil oqshomida klinik o‘limni boshdan kechirdim. Bir necha kundan keyin komadan chiqqach, hayot — bir lahza ekanligini tushundim... Shunda shu yerda va hozir yashashga qaror qildim. Doktorlik ishim deyarli tayyor bo‘lsa-da, ilmiy tadqiqot ishlarimni davom ettirishdan voz kechdim.

    1980-yilda Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati xalqaro ko‘rgazmalar tashkilotchisi bo‘lib ishga kirdim. Madaniyat kunlarida ustalarimiz xalq-amaliy buyumlari va O‘zbekiston fotoko‘rgazmalarini chetga olib chiqardik. Mahsulotlarimizni chetda ilgari surish uchun “An’ana” kooperativini tashkil qildim.

    1984-yilda Marokashda SSSR madaniyat ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan edi. Musiqiy ansamblning chiqishini tashkil etish kerak edi. O‘sha vaqtlarda “Yalla” guruhining “Uchquduq” qo‘shig‘i butun mamlakat bo‘ylab yangrar edi. Ushbu guruhni yuqori rahbariyatga taklif qildim va Marokashga safarni tashkil etdik.

    Rabat, Kasablanka, Tanjer, Marokash — “Yalla” guruhining muvaffaqiyati ulkan edi. Yangi yil arafasida Tanjerda mehmonlardan Iv Sen-Loran, Maykl Jekson va Elizabet Teylor kutilaytgan edi. Konsert belgilangan mehmonxona egasining iltimosi bilan “Yalla” guruhi Layli va Majnun muhabbati haqidagi xalq qo‘shig‘i asosida “Jinnuni” qo‘shig‘ini yaratdi.

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    O‘sha oqshom Iv Sen-Loran va uning do‘sti, Yves Saint Laurent modalar uyi asoschilaridan biri Pyer Berje bilan tanishdim. Mendagi zardo‘zi choponcha Pyerga juda yoqib qoldi va konsertdan so‘ng men unga choponchani sovg‘a qildim. Ertasi kuni tongda esa menga Iv Sen Lorandan ko‘ylak yuborishdi. Men uni hanuzgacha saqlayman.

    Begim va Parfum Gallery’ning yaratilishi

    — 1990-yilda turmush o‘rtog‘im bilan Parijda Xalqaro olimpiya kuni nishonlanishida qatnashdik. Biz Xuan Antonio Samaranch (XOQ 1980—2001-yillardagi prezidenti) bilan suhbatlashib turganimizda bizga Iv Sen-Loran yaqinlashdi va Yves Saint Laurent’dan In Love Again atrimni maqtadi. Shundan so‘ng men va choponim haqida esladi. Ushbu “xushbo‘y” suhbat to‘lqinida parfyum mahsulotlarini O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazishga kelishib oldik (bungacha ular Moskva orqali o‘tardi). Shu kechning o‘zida shartnoma tuzdik.

    Turmush o‘rtog‘i Sobirjon Ro‘ziyev bilan. Foto: “Kommersant.uz”

    Turmush o‘rtog‘i Sobirjon Ro‘ziyev bilan. Foto: “Kommersant.uz”

    Toshkentga qaytdik va o‘sha paytga kelib deyarli faoliyati to‘xtagan “An’ana” kooperativi yangi xususiy kompaniya Begimga aylandi.

    Yarim yildan so‘ng S-2 da birinchi do‘konni ochdik. Uni bezatish uchun Iv Sen-Loran o‘z dizaynerini yubordi. Ishga singlim va qizimni qo‘shdim va biz fransuz parfyumeriyasining to‘la huquqli eksklyuziv distribyuteriga aylandik.

    Unga katta mablag‘ kiritdik. Hamma — otam, turmush o‘rtog‘im, do‘stlarim yordam berishdi. Biz boshqalar e’tiboriga havola etayotgan brendlarimizga munosib bo‘lishimiz kerak edi. Shuning uchun mebelga ham, munosib mehnat haqi va xodimlarni o‘qitishga ham mablag‘ tikdik. Firmamiz sloganini o‘ylab topdim “Amore — Bonte — Culture — Beaute” — “Muhabbat — Ezgulik — Madaniyat — Go‘zallik”.

    Birinchi do‘konni ocha turib, butun boshli tarmog‘imiz bo‘lishini tasavvur ham qilmaganman.

    Birinchi jo‘natmalar uchun Sen-Loran bilan 20 kunda hisob-kitob qildik. 20 kunda barcha mahsulotlar sotilib ketdi! Ikkinchi yuk yo‘lda edi, shunda kengayish lozimligini tushundim.

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Damas’lardagi konvertatsiya

    — Har doim faqat milliy valyutani konvertatsiya qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar bo‘lgan. 1998-yilda hisobimizda pul yig‘ilib qoldi. Uni chet ellik hamkorlarimiz bilan hisob-kitob qilish uchun konvertatsiya qilishimiz lozim edi. Markaziy bank bizga “Damas’lar xarid qilib, ular bilan hisob-kitob qiling”, deyishdi. Kechirasiz-u Chanel yoki Dior’da bizning Damas’lar kimga kerak?

    Kimlarga yozib, murojaat qilmadik — hech biri yordam bermadi. Shunda 12 ming dollardan 12 ta Damas sotib oldik, biroq ularni atigi 4 ming dollardan sotishga erishdik. Butunlay xonavayron bo‘ldik.

    Kulgili hodisalar ham bo‘lgan. Yodimda, biz Versace Blue Jeans va Red Jeans atirlarini olayotgan edik. Bu nomlanishlar hujjatlarda bor edi. Biroq  “Ular parfyumeriyani deklaratsiyada ko‘rsatib, qizil va moviy jinsilar kiritmoqda” degan so‘zlar bilan yukimiz musodara qilindi. Bu vaziyat bilan ikki oyga yaqin bahslashganmiz.

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Hech bir mamlakatda parfyumeriya uchun aksiz solig‘i yo‘q

    — Taqdimoti butun dunyo bo‘ylab o‘tgan yangi atir Gabrielle Chanel bo‘lgan yuk bojxonada ikki oydan ortiq yotdi. Yangi kurs, 1 dollar uchun 8 000 so‘mdan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilsa, unga 116 foiz bojlar qo‘shilsa, mahsulot tannarxi noreal darajada baland bo‘lib ketadi. Biz esa distribyutor sifatida dunyo do‘konlarida belgilangan narxlarni saqlab qolishimiz kerak.

    Hech bir mamlakatda, O‘zbekistondan tashqari, parfyumeriya uchun aksiz solig‘i yo‘q. Bizda parfyumeriya ishlab chiqarilmaydi, shunga muvofiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarga raqobatchi bo‘la olmaymiz. Bir necha marta soliq qo‘mitasi va tegishli organlar qabulxonalariga maktub yozdik. Yaqinda aksiz 50 foizdan 20 foizga kamaytirildi. Biroq bu hozircha chet el valyutasi yangi kurslari tufayli chakana narxlar muammosini hal qilmaydi... Yangi qonunlar va parfyumeriyaga aksizning butunlay yo‘q qilinishini sabr bilan kutamiz.

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Foto: Instagram/ @gulia_begim

    Men uchun biznesni halol va to‘g‘ri olib borish juda muhim — bu uzoq ishlash va muvaffaqiyat garovi. Muammolarga duch kelganda, taslim bo‘lmaslik kerak. Har doim qonuniy yechim topish mumkinligiga ishonchim komil.

    Dunyoda parfyumeriya va kosmetika segmenti foydalanish bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlaridan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda yashirin bozor rivojlangan, u maqsadli auditoriyaga rasmiydek taqdim etiladi.

    Xalqaro distributsiya qoidalari mavjud. Lyuks brendlarning har bir sotuv nuqtasi rasmiy portfolioda ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zbekiston hududida faqat Parfum Gallery portfoliomizda ko‘rsatilgan markalarning eksklyuziv yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Masalan, Gucci brendi mahsulotini sotish huquqini qo‘lga kiritish uchun boshqa do‘konlar uni Gucci roziligi bilan bizdan xarid qilishi lozim. Biroq bunday yo‘l tutilmaydi. Ko‘pchilik lyuks brendlarni “yashirin bozordan” sotib olib, uni xaridorlarga sotadi.

    Faoliyatini endi boshlayotgan biznesmenlarga maslahat

    Birinchisi — biznes halolligi va shaffofligi. Ikkinchisi — qo‘rqmaslik, har qanday biznesda jasurlik kerak. Uchinchisi — g‘oyadan ruhlanish va tabiiyki, har bir g‘oyani hisob-kitob qilish va moliyaviy asoslantirish kerak.

    O‘zbekiston madaniyati va an’analariga qiziqqan chet ellik hamkorlar qanday qiziqarli zamonaviy filmlarimiz borligini so‘rashadi. Shunda xayolimga film suratga olish fikri keldi. “Sevgi marafoni” filmi ssenariysini yozdim. Musiqasini Botir Zokirovning o‘g‘li Bahodir Zokirov yaratgan. Endi mehmonlarga ushbu filmni ingliz tilidagi tarjimasi bilan hadya qilaman.

    Fransiyada Begim brendimiz parfyumini  yarata turib, bir talay tarixiy materiallarni o‘rganib chiqdim. Ular atirlar yuragi va “Billur chilim shishasi” kitoblarim seriyasiga asos bo‘ldi. U ayollar taqdiri haqidagi sayohat janridagi melodrama.

    Yaqinda yubileyimda dunyoga da’vat — Put Your Love on Baby’s Heart qo‘shig‘ini yozdim. Dunyoni ezgulik va muhabbatga chorlagim keldi, axir dunyoda yuz berayotgan hodisalarga qarab, farzandlarimiz kelajagi uchun qo‘rqib ketamiz. Farzandingiz bo‘lsa, eng muhimi — uning yuragiga muhabbat joylang, shunda u hech qachon qo‘liga qurol olmaydi va zo‘ravonlik qilmaydi.

    19.10.2017, 12:43   Izoh (0)   30056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bektemirda 3,5 kilogrammdan oshiq marixuana olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

    19.10.2017, 12:10

    Samarqanddagi tramvay bekatlarida shahar xaritasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi

    19.10.2017, 12:00

    JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida xorijlik mutaxassislar ishtirokida trening bo‘lib o‘tdi

    19.10.2017, 11:43

    Elmira Bositxonova: Poytaxtdagi kadrlar viloyatlarga o‘z xohishiga ko‘ra yuborilmoqda

    19.10.2017, 11:20

    Toshkent aeroportida servisni yaxshilashga koreyalik mutaxassislar yordam beradi

    19.10.2017, 10:46

    Pop—Namangan—Andijon temir yo‘li 2022-yilgacha elektrlashtiriladi

    19.10.2017, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Ruxshona, qoidabuzar Shahlo Zoirova, “Qalpoq”chilar Jo‘rabek Norqulovni xotirladi

    Madaniyat | 22 iyul, 11:17

    Polshada yirik neft va gaz koni topildi

    Dunyo | 22 iyul, 11:04

    Jigarni asrashga yordam beruvchi 7 ta oson tayyorlanadigan ichimlik

    Retseptlar | 22 iyul, 10:51

    O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 10:40

    Germaniyada avtomobil YTH oqibatida omborxona tomiga kirib ketdi (video)

    Dunyo | 22 iyul, 10:25

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    Martin Lyuter King o‘ldirilishiga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

    Dunyo | 22 iyul, 10:05

    Levandovski Markus Reshford transferidan xavotirda

    Sport | 22 iyul, 10:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.