Isroil harbiy-havo kuchlarining beshinchi avlod F-35I qiruvchi-bombardimonchisi mashg‘ulot parvozi chog‘ida ikki laylak bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda, The Times of Israel gazetasiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Isroil mudofaa armiyasi bayonotida aytilishicha, samolyot jiddiy zararlanmagan va qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan, ammo, shunga qaramay, texnik mutaxassislarga tekshirish uchun topshirilgan.
Armiya vakilining so‘zlariga qaraganda, samolyot (Isroilda mavjud yetti F-35I’dan biri) yaqin kunlarda faoliyatga qaytadi.
Izoh (0)