Suriyalik general-mayor, “Respublika gvardiyasi arsloni” laqabi bilan mashhur Issom Zahriddin Dayr az-Zavr viloyatida halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, general Suriya armiyasi olg‘a siljiyotgan paytda minaga uchrab, portlab ketgan.
Suriyaning IShIDni quvib chiqarish operatsiyasi shtabi ma’lumotiga qaraganda, fojia Saker oroli yaqinida ro‘y bergan.
Suriyaning druzlar jamoasidan chiqqan nufuzli general fuqarolik urushi boshlangan chog‘da Respublika gvardiyasi 104-brigadasiga qo‘mondonlik qilar edi. Unga qadar ushbu brigada komandiri Suriya prezidenti Bashar Asad bo‘lgan.
2013-yili Issom Zahriddin IShID hujumiga uchragan Dayr az-Zavr mudofaasiga yuborilgan va 2017-yili qamal yorib o‘tilganiga qadar shaharni terrorchilardan himoya qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)