2017-yil aprelida Rossiyaning “Soyuz MS-02” kosmik kemasi bortida Xalqaro kosmik stansiyani tark etgan kosmonavtlar bilan start olganida degermetizatsiya ro‘y berdi, ya’ni suyuqlik va gazlarni o‘tkazmaslik tizimi buzildi. Bu haqda NASA’ning XKS bo‘yicha nazorat komissiyasi yig‘ilishi chog‘ida uning raisi, sobiq kosmonavt Tomas Stafford bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Uning so‘zlariga qaraganda, taxminan 8 kilometr balandlikda parashyut halqasi ochilish paytida kosmik kema korpusidagi chokka tegib ketib, qisman germetiklikning buzilishiga olib kelgan. Stafford “Soyuz”ning aynan qaysi missiyasi haqida gap ketayotgani va kema bortida qaysi kosmonavtlar borligini aniqlashtirmadi.
Nashrga ko‘ra, aprel oyida faqat bitta “Soyuz” XKSdan kosmonavtlarni olib tushgan, o‘shanda uning bortida rossiyalik Andrey Borisenko va Sergey Rijikov hamda amerikalik Robert Kimbrou bor edi.
Germetiklikning buzilishi ekipaj uchun xavf tug‘dirmadi, bu kichkina nosozlik deb baholandi.
Izoh (0)