“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘qituvchi o‘quv muassasasi, bolalar va o‘zi haqida” mavzuidagi sotsiologik so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda maktab, litsey va kollejlar o‘qituvchilari ishtirok etdi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
So‘rov natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘lishicha, har beshinchi pedagog o‘quvchilar nazdida oxirgi yillarda o‘qituvchilar obro‘ini yo‘qotib bormoqda. O‘quvchilar ularga taqlid qilishni, havas qilishni istamayapti. Respondentlarning fikricha, pedagoglarning past turmush darajasi xalq ta’limi tizimiga katta maqsadlari bor iste’dodli yosh kadrlarning kelishini cheklamoqda.
So‘rovda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi “qiyin” bolalar, ayniqsa darsga kelmaydiganlar, o‘qituvchilar va sinfdoshlariga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lishini ta’kidladi. Kollejda ishlovchi pedagoglar o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqida qolganlarga nisbatan ko‘proq ma’lum qildi. Mayda bezorilik va ommaviy mushtlashuvlar kollejlarda ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi.
Pedagoglarning fikricha, o‘quvchilar tomonidan huquqbuzarliklarning sodir etilishiga asosiy sabab huquqiy madaniyatning yo‘qligini, o‘quvchilar qonunni buzayotgani va jazolanishi mumkinligini tushunmasligidadir. Buning uchun javobgarlikni o‘qituvchilar asosan ota-onalarga yuklashga moyil.
Murabbiylarning fikricha, ta’lim tizimining 11 yillik tartibga qaytishi ta’lim jarayonining sifati oshishiga ko‘mak beradi.
So‘rovda, shuningdek, ta’lim va tarbiya sohasiga oid boshqa masalalar yuzasidan ham o‘qituvchilarning fikri o‘rganildi.
Izoh (0)