17-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Moskvadagi salon ma’muriyati o‘zbekistonlik marhum sartarosh haqida: U og‘ir-vazmin, rahmdil odam edi. Doston Odilxonov Farg‘onada dafn etiladi.
2. Ramzan Qodirov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. U, shuningdek, Imom Buxoriy majmuasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi va Mir Arab madrasasida ham bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevni esa Chechenistonga taklif qildi.
3. Saakashvili Oliy Rada oldidagi namoyishda prezident Poroshenko iste’fosini talab qildi. Namoyishchilar parlament binosini qo‘riqlab turgan politsiyachilar bilan mushtlashdi, Poroshenko esa ularga 2015-yilgi qurbonlar haqida eslatdi.
4. “Hokim almashaveradi, muammo shundayligicha qolaveradi”. O‘zbekiston televideniyesining “Sayyor kamera”si Toshkentning turli tumanlarida bo‘lib, abgor ahvollarni o‘rgandi.
5. Hind siyosatchisi Toj Mahalni mamlakat tarixidan o‘chirib tashlashga va’da berdi. “Shtat hukumati va markaziy hukumat tarix kitoblaridan Bobur, Akbar, Avrangzebga aloqador joylarni o‘chirib tashlash ustida ishlamoqda”.
Izoh (0)