Rossiya Tashqi ishlar vazirligi The Times’ning Rossiya go‘yoki “Tolibon” harakatini moliyalashtirgani haqidagi maqolasiga izoh berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Maqolada nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, Moskvaning afg‘on yo‘nalishidagi siyosati maqsadlari to‘g‘risidagi fikrlar keltiriladi. Shuningdek, Rossiya go‘yoki toliblarga tekinga neft mahsulotlari yetkazganligi ma’lum qilinadi. Ko‘rsatilgan soxta ma’lumotlar, bundan oldingilari kabi, xalqaro hamjamiyat e’tiborini NATOning Afg‘onistondagi siyosati muvaffaqiyatsizliklaridan chalg‘itishga qaratilgan”, — deyiladi rasmiy izoh matnida.
Vazirlik, shuningdek, Rossiya tomoni toliblarga hech qanday yordam ko‘rsatmayotganligi, shuningdek, Afg‘oniston hukumatiga ko‘mak berish siyosatini yuritayotganligini ta’kidladi.
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 2017-yilning avgustida Rossiyani toliblarga qurol yetkazishda ayblagan edi.
Izoh (0)