AQSh Mudofaa vazirligi IShID terrorchilik guruhining Yamandagi jangarilariga qarshi operatsiya o‘tkazib, o‘nlab jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“AQSh kuchlari Yamanning Al-Beyd viloyatida joylashgan ikki tayyorlov lageriga bergan zarbalari oqibatida IShIDning o‘nlab a’zosi yo‘q qilindi. Bu bilan tashkilotning yangi jangarilarni tayyorlashiga to‘sqinlik qilindi”, — deyiladi xabarda.
Jangarilar qurol-aslahalarida AK-47 avtomatlari, pulyemotlar va granatomyotlar bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov AQSh koalitsiyasi Iroqda IShIDga zarba berish shiddatini susaytirganligini ma’lum qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)