Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

16-oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17-oktabr, seshanba kuni Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Mehrob.uz” nashrining Facebook’dagi sahifasi.

Foto: Facebook / “Mehrob.uz”

Foto: Facebook / “Mehrob.uz”

Ramzan Qodirov tashrif asnosida Imom Buxoriy qabrini ziyorat etar ekan, u kishiga bo‘lgan yuksak ehtiromini izhor etdi. Buyuk alloma qabrlari poyida Qur’on oyatlaridan o‘qilib, duo qilindi. Mehmon majmua tarixi bilan tanishib, dunyo ahli tan olgan buyuk imomga ko‘rsatilayotgan davlat darajasidagi e’tiborni yuksak baholadi.

Majmua yonida bunyod etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining imkoniyatlari e’tirof etildi.

Mehmonlar tashrif davomida Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, buyuk sahoba Qusam ibn Abbos roziyallohu anhu mangu qo‘nim topgan Shohi Zinda majmuasi va Registon ansamblini ham ziyorat qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbarini qabul qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank