Hindistonlik siyosatchi va Uttar-Pradesh shtati qonun chiqaruvchi majlisi a’zosi Sangit Som Hindiston tarixidan “zolimlar” tomonidan qurilgan Tojmahal maqbarasini chiqarib tashlashga va’da berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Hukmron Bxaratiya janata parti partiyasidan bo‘lgan qonun chiqaruvchi Boburiylar sulolasi davrida qurilgan yodgorliklar mamlakat tarixi bo‘yicha kitoblardan chiqarib tashlanishini aytdi.

“Shtat hukumati va markaziy hukumat tarix bo‘yicha kitoblardan Bobur, Akbar, Avrangzebga aloqador joylarni o‘chirib tashlash ustida ishlamoqda”, — dedi u.

Somning aytishicha, tarix darsliklarida endi hindlarning “Ramayana” eposiga, qahramon xudo Ramga, musulmon hukmdorlarga qarshi kurashgan millat qahramonlariga ko‘proq joy ajratiladi.

Som Tojmahal joylashgan Uttar-Pradesh shtati turizm vazirligi mashhur maqbarani shtatning tarixiy yodgorliklari haqidagi bukletga kiritmaganidan keyin kelib chiqqan mojaro fonida shunday bayonot bilan chiqdi.