Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga nisbatan ilmiy-texnik hamkorlik, savdo va bank sohalarida cheklov joriy etdi. Tegishli qaror huquqiy axborot portalida chop etildi, deb xabar beradi “RBK”.
Shu bilan birga, hujjatga ko‘ra, yadroviy fan va texnika, aerokosmik mashinasozlik va aviatsion texnika yoki ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari sohasida hamkorlik davom etishi uchun bu hamkorlik Shimoliy Koreyada yadroviy va raketa dasturlarining rivojlanishiga ko‘mak bermasligi kerak.
Bundan tashqari, Putin KXDR yadroviy dasturi bilan bog‘liq kemalarni Rossiyada davlat ro‘yxatidan chiqarish lozimligini belgiladi.
Izoh (0)