Shayxontohur tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda qidiruvda bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Shayxontohur tumanida 15-oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi JKning 186-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 12-oktabrdan qidiruvda bo‘lgan, 1997-yilda tug‘ilgan Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani, Sh.Niyozov ko‘chasida yashovchi K.M uyi oldida ushlandi.
Izoh (0)