Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron tashqi ishlar vazirligi Iroq Kurdistoni bilan chegara yopilganini inkor etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Chegara yopilgani haqida 15-oktabr, yakshanba kuni “al-Mayadin” telekanali ma’lum qilgandi.

“Biz Iroq hukumati iltimosiga ko‘ra kurd avtonomiyasi bilan havo chegarasini yopdik. Bu mintaqada boshqa hech narsa ro‘y bergani yo‘q”, — dedi Eron TIV vakili.

O‘z navbatida, Shafaq News portali Sulaymoniya shahri savdo-sanoat palatasiga tayanib, Eron chegarasi yopiq ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, kurd rasmiylari vakillari Tehron bilan aloqada ekanligi bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan