Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyaning Sharqiy Susseks grafligidagi tik jarlik yoqasida suratga tushmoqchi bo‘lgan Janubiy koreyalik talaba qiz pastga tushib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

Foto: The Daily Mail

Foto: The Daily Mail

23 yoshli Xe Von Kim Buyuk Britaniyaga ingliz tili darajasini mustahkamlash uchun kelgan edi. U Seven-Sisters nomli milliy bog‘ga yo‘l olgan. Bu bog‘da bir qancha tik jarliklar joylashgan bo‘lib, ular sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Qiz notanish kishidan uning jar yoqasida sakrashini suratga olishni so‘ragan. Biroq qiz muvozanat saqlay olmagan va 60 metrli balandlikdan tushib ketgan. Keyinroq politsiya qizning telefonidan jarlik yoqasida sakrayotgani aks etgan oltita rasmni topgan.

Qizning jasadi jarlikning tubida topilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u boshidan olgan kuchli jarohat sababli vafot etgan.

Nashrning qayd etishicha, har yili Seven-Sistersga 350 ming kishi keladi. Ogohlantiruvchi belgilarga va xavfga qaramasdan sayyohlar suratga tushish uchun jarlik yoqasiga boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi