11-oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumani 8-mavze 49-uy yaqinida noma’lum shaxs o‘n kunlik chaqaloqni ko‘p qavatli uy eshigi oldiga tashlab ketdi. Bu haqda IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyiga tezkor-qidiruv guruhi yetib borib, issiq yopinchiqqa o‘ralgan chaqaloqni aniqladi
“[Chaqaloq] jamoat joyida qoldirilgan, uning hayotiga hech narsa xavf solmagan. Tibbiyot xizmati xodimlari uni ‘Go‘daklar uyi’ga eltishdi”, — dedi Doniyor Toshxo‘jayev.
Chilonzor IIB bolaning ota-onasini topish bo‘yicha qidiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)