Pokistonning Afg‘onistonda AQSh fuqarosi bo‘lgan ayolning tutqunlikdan ozod etilishida ishtirok etishi rasmiy Islomobod mintaqada xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishga tayyorligini namoyon etdi. Bu haqda Donald Trampning Oq Uy tomonidan 12-oktabr kuni tarqatilgan bayonotida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kecha AQSh hukumati, Pokiston rasmiylari bilan birga ishlar ekan, Boyle-Koulman oilasining ozod etilishini ta’minlay oldi. Bugan ular erkinlikka chiqdi. Bu mamlakatimizning Pokiston bilan aloqalaridagi ijobiy jihat”, — ta’kidladi Tramp.
“Pokiston hukumati tomonidan ko‘rsatilgan hamkorlik u AQShning mintaqada xavfsizlikni tiklash chaqiriqlarini hurmat qilishini ko‘rsatdi. Kontrterror operatsiyalarimiz chog‘ida va qolgan tutqunlarni ozod qilishda ham shunday hamkorlikni ko‘rishga umid qilamiz”, — qo‘shimcha qildi AQSh rahbari.
Afg‘onistonda 31 yoshli AQSh fuqarosi Keytlin Koulman hamda uning 34 yoshli turmush o‘rtog‘i, Kanada fuqarosi Joshe Boyle, shuningdek, ularning bolalari besh yillik tutqunlikdan so‘ng ozod qilindi. Ular 12-oktabr kuni Pokistonga yetkazildi.
Izoh (0)