O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov tarkibidagi delegatsiya 13–15-oktabr kunlari Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki guruhi boshqaruvchilar kengashining navbatdagi yillik majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Yillik hisobot va kelgusi yil uchun budjetni tasdiqlash, shuningdek, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va moliyaviy faoliyatga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)