Las-Vegasdagi musiqiy festivalni o‘qqa tutgan jinoyatchi Stiven Peddokning tanasi yorib ko‘rilganida shifokorlar uning miyasini tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, hech qanday favqulodda narsalar aniqlanmagan.
“Biz kutgan hech narsa aniqlanmadi”, — dedi Klark okrugi sherifi Jo Lombardo.
U jinoyat motivlari noaniqligicha qolayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shunga qaramay, shifokorlar tekshiruvlarni davom ettiradi, qo‘shimcha qildi sherif.
Izoh (0)