Ukrainadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasida “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan barcha rusumdagi avtomobillar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Tadbirda Ukraina avtobiznesi vakillari, yapon investitsion kengashi ekspertlari, “Kiyevavtodor” korxonasi rahbarlari, kommunal xizmatlar bo‘yicha Kiyev shahar davlat boshqarmasi, Ukrainaning barcha hududlaridan kelgan rasmiy dilerlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Taqdimot avvalida elchixona hovlisida Ravon: R2, R4 va Ravon Gentra avtomobillari namoyish qilindi. Taqdimotni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdualiyev ochib berdi.