Toshkentning “Parkent” bozori yaqinida HOWO rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda foto va videoxabarlar qoldirilgan.
Hodisa nima sababdan yuz bergani noma’lum. Voqea oqibatida jabrlangan fuqarolar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Foto va videoxabarlarda yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida mashina yaroqsiz ahvolga kelgan.
Izoh (0)