Road and Transport Authority uchuvchisiz uchish qurilmalari — havo taksilarida parvozlar uchun joy band qilishga mo‘ljallangan dastur ishga tushirilganini e’lon qildi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Transport kompaniyasi vakillari, taksi-kopterlardan tashqari, mijozlarga jamoat transportining barcha turlari, jumladan, Uber va Careem xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi S’hail dasturini ham taqdim etadi.
Mazkur yangiliklar BAAda oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Gitex 2017 texnologiya ko‘rgazmasi uchun mo‘ljallangan. Ko‘rgazmada mamlakat va mintaqadagi so‘nggi texnologik ishlanmalar namoyish etiladi.
Izoh (0)