General Motors kompaniyasi Hydrotec so‘nggi avlod yonilg‘i kameralar tizimi o‘rnatilgan, yuk tashishga mo‘ljallangan SURUS avtonom shassisining konsepsiyasini namoyish etdi. Kompaniyaning so‘zlariga ko‘ra, SURUS “tabiiy ofatlar, harbiy mojarolar oqibatida yuzaga kelgan murakkab transport muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashadi”, deb xabar berdi “Motor”.
SURUS (Silent Utility Rover Universal Superstructure) litiy-ionli akkumulyatorlar bloki o‘rnatilgan ikkita elektromotor hamda to‘liq boshqariluvchi shassi bilan jihozlangan. Prototipning harakat zaxirasi — 640 kilometrdan ortiq. Platformaning tijorat versiyasi qurolli kuchlar uchun moslashtiriladi.
SURUS keng maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin: quyosh batareyalaridan quvvat olgan holda ishlovchi mobil elektrostansiya, murakkab yo‘llarda harakatlana oluvchi tez yordam mashinasi, yuk mashinasi yoki avtonom yuk platformasi.
Izoh (0)