Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchilari 6-oktabr kuni Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd bilan to‘qnashib, 17 kishining (jumladan, 16 nafar o‘zbekistonlikning) o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, tergovchilar “avtobus o‘z texnik holatiga ko‘ra yo‘lovchilarni tashish uchun yaroqsiz ahvolda bo‘lgan”ini aniqlagan.
“Shunga qaramay, avtobus haydovchisi Nurgali Sarmanov mavjud nosozliklarni bilgani holda, yo‘lovchi tashish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishda davom etgan”, — dedi Tergov qo‘mitasi vakili.
Qayd etishlaricha, yaqin vaqt ichida Sarmanovga nisbatan iste’molchilar hayoti va salomatligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ziyod shaxslarning o‘limiga sabab bo‘lish holatlari bo‘yicha ayblov e’lon qilinadi.
Izoh (0)