Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Qilchinoq OFYda yashovchi fuqaro Farhod Ro‘zmetov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “ishonch telefoniga”ga murojaat qildi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.
Murojaatda ma’lum qilinishicha, fuqaroning xonadonidagi elektr hisoblagich sababsiz ishlamay qolgan. Elliqqal’a TETK xodimlari tomonidan ishlamay turgan elektr hisoblagich davri uchun 139 000 so‘m jarima yozib ketilgan.
Mazkur ariza Elliqqal’a tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada, iste’molchining tuman elekrt tarmoqlari korxonasidan hech qanday qarzi yo‘qligi aniqlandi. Farhod Ro‘zmetovning xonadoniga yozilgan 139 000 so‘m jarima bekor qilindi.
Izoh (0)