Bu faqat bir oila uchun uning xususiy buyurtmasi asosida xususiy arxitektorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan xususiy uy loyihasi. Bunday uylarni ommaviy ravishda qurish va ularni yosh oilalarga tarqatish rejalashtirilmagan.
Qurilishi 2017-yilning oxirida yakunlanishi kutilayotgan uy tabiat qo‘ynida joylashgan va nostandart trapetsiya shakliga ega. Uyning shimol tarafidan ariq oqib o‘tadi, uning ortida esa tog‘lar ko‘rinib turadi. “Archikultura.uz” ushbu uy loyihasi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Arxitektor Bobir Qilichevning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekiston uchun noodatiy loyiha hisoblanadi, chunki buyurtmachilarning ko‘pchiligi an’anaviy usulni afzal ko‘radi.
Izoh (0)