Gonkong kichkina hududga egaligiga qaramay, ushbu shaharda 7,5 millionga yaqin odam istiqomat qiladi. Tabiiyki, odam ko‘pligidan turar-joy muammosi yuzaga kelgan va buni bartaraf etish uchun shaharda “tobut” uylar paydo bo‘lgan, deb xabar berdi TravelAsk.
Bu uylarda yashash shu qadar azobli ekanligidan BMT ularni “inson qadr-qimmatini haqorat qilish” deya atagan.
“O‘sha kuni uyga qaytgach yig‘lab yubordim”, — deydi ushbu hayot tarzini suratga olgan National Geographic xodimi Benni Lam.
“Hayotimning bir qismi bo‘lmagan insonlar haqida nega qayg‘urishim lozim, deya savol berishingiz mumkin. Biroq ular hayotingizga har kuni tashrif buyuradi: ular sizga restoranda xizmat ko‘rsatadi, savdo markazlarida qorovul bo‘lib ishlaydi va siz yuradigan ko‘chalarni tozalaydi. Ular va bizning o‘rtamizdagi yagona farq — turar-joyimiz. Bu inson qadr-qimmati masalasidir”, — deb yozadi Lam.
Izoh (0)