Bir muddat ilgari Kongoda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi bu xabar yuzasidan ma’lumot berdi. Bayonot TIV saytida keltirildi.
“Ommaviy axborot vositalarining Kongo Demokratik Respublikasi Mudofaa vazirligi xabariga asoslangan ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 30-sentabr kuni Kinshasa shahrida An-12 harbiy transport samolyoti halokatga uchrashi oqibatida Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Ular Kongo Demokratik Respublikasida xususiy shartnoma asosida ishlagan”, — deyiladi xabarnomada.
Kongo Demokratik Respublikasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqlash maqsadida O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi Kongo elchixonasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Izoh (0)