O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari hamkorligida Jizzaxda o‘tkazilayotgan maxsus taktik o‘quv mashqlarining uchinchi kunida ikki davlat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari komandirlari ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ado etish uchun belgilangan hududni o‘rganish, eng maqbul taktik harakat usullarini rejalashtirish, qaror qabul qilish, qo‘llaniladigan qurol-yarog‘ va harbiy texnika vositalarini tayyorlash masalalarini muhokama qildilar, deb xabar berdi UZ24.
O‘zbekiston tomonidan mayor Muhammad Xoldorov, Rossiya tomonidan kapitan Nurali Shaxmanov komandirligida shartli noqonuniy qurollangan kuchlar joylashgan hududda razvedka ishlarini olib borish, ularning moddiy ta’minot, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalariga shikast yetkazish va yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish hamda buzg‘unchi kuchlarni batamom yakson qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Bu vaqtda ikki mamlakat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tochar qurollardan otish, tog‘ to‘siqlari yo‘lagidan o‘tish, qurol-aslaha va tegishli anjomlar bilan uzoq masofaga marsh yugurish kabi yo‘nalishlarda do‘stona musobaqalar o‘tkazildi. Kapitan G‘iyos Jamolov hamda katta leytenant Sergey Baromiko komandirligidagi bo‘linmalar shaxsiy tarkibi o‘rtasida 5 kilometr masofaga marsh yugurish, murakkab tog‘ to‘siqlari yo‘lagidan o‘tish musobaqasi tashkil etildi.
Izoh (0)